Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, "Komporuz" Telegram kanali orqali O‘zbektelekom AK Xorazm filiali tomonidan Kompaniya mulklari A.N.Abdiraxmanov tomonidan talon taroj bo‘layotgani va ushbu filialda qarindosh-urug‘chilik avj olganligi to‘g‘risida xabar berilgan.
Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, tegishli bo‘linmaga xabar berilgan. Tegishli bo‘linma tekshiruviga ko‘ra murojaatda ko‘rsatilgan maʼlumotlar asossizligi va shuningdek A.N.Abdiraxmanov “O‘zbektelekom” AK Xorazm filialida qurilish ishlariga masʼul emasligi, shu bilan birga murojaatda A.N.Abdiraxmanovning qarindoshlari deb ko‘rsatilgan fuqarolardan Abdiraxmanov Alisher va Abdiraxmanov Sanjar “O‘zbektelekom” AK Xorazm filialida ishlamasligi va “O‘zbektelekom” AK Xorazm Filialida mexnat qonunchiligi buzilib, bevosita bir-biriga bo‘yinsunuvdagi qarindosh-urug‘larning birga ishlash holatlari mavjud emasligi aniqlandi.