Soha yangiliklari
October 18, 2021

Mobil guruhlar: Barchasi aholi uchun

Ayni kunda “Uzbektelekom” AKning hududiy filiallari tomonidan joylarda aholini sifatli aloqa xizmatlari bilan ta’minlashga qaratilgan ishlar jadal davom ettirilmoqda. Jumladan, Namangan viloyatining eng chekka hududlari ham yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i bilan ta’minlanmoqda.

Buning uchun hududning olis masofalariga ham optik tolali aloqa tarmoqlari yetkazilmoqda. Endilikda hududiy filial mutaxassislari aholi xonadonlarigacha kirib bormoqda. Ushbu xizmat turlarini tashkil etish uchun esa avtoofislardan iborat mobil guruhlar tashkil etilgan.

Mazkur guruhlar aholi xonadonigacha borib, zarur bo‘lgan barcha xizmat turlarini ko‘rsatish imkoniyatiga egadir.

Aytish mumkinki, viloyatda yangi o‘rnatilgan va o‘rnatilayotgan OLT qurilmalari abonentlar sonini sezilarli darajada oshirishga xizmat qilmoqda.

UZTELECOM – Milliy operator!

@uztelecomuz

@uztelecompress