Munosabatlar
June 20, 2023

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AKning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda BASTION telegram kanali orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida joylashgan “Transport tarmog‘i filialining” Oltin texnik jamoasida ish yuzasidan xodimlar orqali tushunmovchiliklar yuzaga kelganligi to‘g‘risida murojaat yoʻllangan.

Ushbu murojaat Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, masala yuzasidan tegishli hududiy filialga xabar berilgan. O‘z o‘rnida hududiy filial mutaxassislari ushbu murojaat bo‘yicha chuqurlashtirilgan o‘rganishlar olib borayotganligi va natijalar bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda ma’lumot berilishini xabar qiladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati