Munosabatlar
May 28
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Qalqon ortida” Telegram kanali orqali fuqaro Andijon viloyati Oltinko‘l tumani “Ganjiravon” MFY hududida Internet tarmog‘ida uzilishlar yuzaga kelayotganligi bo‘yicha murojaat qilgan.
Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilganligi hamda bo‘linma mutaxassislari nazoratiga olinganligi va ishlar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishi ma’lum qilinadi.