October 5, 2022

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Kusherbayevga murojaat” telegram kanali orqali Surxondaryo viloyati Boysun tumani, “Munchoq” MFYga qarashli “Ichki Panjob” qishlog‘ida aloqa sifati juda pastligi, hududda o‘rnatilgan antennaning kerakli jihozlari yo‘qligi tanqid qilingan.

https://t.me/Kusherbayevga_murojaat/824

Ushbu murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganilib, mazkur masala yuzasidan tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berilgan. Murojaatda keltirilgan masala hududiy bo‘linma mutaxassislari tomonidan nazoratga olingan. Ishlar natijasi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati

@uztelecomuz

@uztelecompress