May 25, 2022

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Xususan, Samarqand viloyati Nurobod tumani Charvodor mahallasida aloqaning sifati pasaygani to‘g‘risida abonent tomonidan shikoyat yo‘llangan. https://t.me/Qorqma_uz/2128

Mazkur murojaat Kompaniya tomonidan ko‘rib chiqilib, tegishli hududiy bo‘linmaga ma’lumot yuborildi. Murojaat yuzasidan mutaxassislar tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi va hududda yuzaga kelgan muammo bugungi kunda bartaraf etilgani va ayni paytda aloqa sifati meyoriy talablarga javob berishi aniqlangan.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati

@uztelecomuz

@uztelecompress