Munosabatlar
January 15
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda “Vodiy1.uz” Telegram kanali orqali Andijon viloyati Baliqchi tumani “Tovuldi” MFY Charog‘on ko‘chasi hududida yashovchi fuqaro xonadoniga Internet tarmog‘ini ulatmoqchi ekanligini bildirib, bu borada amaliy yordam berishlarini so‘rab murojaat qilgan.
Ushbu murojaat Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, holat yuzasidan hududiy bo‘linmaga xabar berilganligi va murojaat ijobiy hal qilinganligi bildiriladi.