October 5, 2022

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Kusherbayevga murojaat” telegram kanali orqali Norin tumani, “Qorateri” MFYda o‘tgan yili “Uzmobayl” kompaniyasi antenna o‘rnatishga harakat boshlagani va ishlar to‘xtab qolgani, qishloqda esa aloqa sifati achinarli holatdaligi shikoyat qilingan.

https://t.me/Kusherbayevga_murojaat/902

Mazkur murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganilib, ushbu masala yuzasidan tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berilgan. Murojaatda keltirilgan masala hududiy bo‘linma tomonidan nazoratga olingan. Ishlar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati

@uztelecomuz

@uztelecompress