Munosabatlar
Today

Munosabat

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar boʻyicha doimiy oʻrganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, "Namangan haqiqati" gazetasining 2026-yil 9-iyuldagi №51-52-52 (20299) sonida "Barqaror aloqa hali orzumi" sarlavhasi ostida maqola chop etilgan.

Kompaniya xizmatlari yuzasidan taxminiy asoslarga tayangan holda tanqidiy fikr yuritilgan mazkur material yuzasidan Kompaniya Axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi.

"Oʻzbektelekom" AK ochiq muloqot uchun har doim tayyor va taqdim etilayotgan xizmatlar yuzasidan OAVlar bilan hamkorlikni doimo qo‘llab-quvvatlaydi. Shu bilan birga, faoliyatga doir ma’lumotlarni yoritishda bir tomonlama yondashuvni shaffof fikr deb hisoblamaydi. Ushbu materialda muallif masalaga bir tomonlama hamda taxminiy fikrlar asosida yondashgan. Zero, Kompaniya sohadagi o‘zgarishlar haqida fuqarolarni doimo xabardor qilib boradi hamda tarif rejalari bilan bog‘liq o‘zgarishlar yuzasidan abonentlar oldindan qonunchilikda belgilangan tartibda ogohlantirib kelinishi bildiriladi.

Shunday bo‘lsada, mazkur materialda keltirilgan abonentlar fikri bilan bog‘liq holatlar material aniqlanishi bilan nazoratga olinib, o‘rganish uchun hududiy bo‘linmaga yo‘naltirilganligi ma’lum qilinadi.

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati