Munosabatlar
Yesterday

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Erkin O'zbekiston _Uz” Telegram kanali orqali abonent “Omadli balans” xizmati bo‘yicha e’tirozlarini bildirib murojaat yo‘llagan.

Ushbu murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilganligi hamda bo‘linma mutaxassislari murojaatchi bilan bog‘lanib, mavjud masala yuzasidan tushuntirish berganligi va muammo ijobiy hal qilganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati