August 1, 2022
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumanidagi Xo‘jaipokota qishlog‘ida yashovchi hududda internet tarmog‘i bilan bog‘liq aloqa yaxshi emasligi va bu borada amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qilgan.
Ushbu murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganib chiqilib, tegishli hududiy bo‘linmaga ma’lumot yuborilgan. Murojaat hududiy bo‘linma mutaxassislari tomonidan nazoratga olingan. Ishlar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot kiritiladi.