Munosabatlar
Today

Munosabat

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar boʻyicha doimiy oʻrganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Kompaniyaning Facebook sahifasidagi texnik qo‘llab-quvvatlash guruhiga fuqaro internet tarmog‘idagi uzilishlar yuzasidan murojaat yo‘llagan.

Mazkur murojaat aniqlanishi bilan mutaxassislar tomonidan tezkor nazoratga olinganligi va murojaatda keltirilgan muammoni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlar so‘ralib, murojaatchi bilan qayta aloqa o‘rnatilganligi bildiriladi.

So‘ralgan ma’lumotlar taqdim etilishi bilan murojaat ijobiy hal qilishga yo‘naltirilishi ma’lum qilinadi.

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati