“Boshqaruv raisi ko‘chma kubogi” g‘oliblari aniqlandi
“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-dekabrda qabul qilingan “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-421-son qarori ijrosini ta’minlash hamda “O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi” munosabati bilan sportning futzal turi bo‘yicha “Boshqaruv raisi ko‘chma kubogi” o‘tkazildi.
Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan musobaqada Kompaniyaning Ijro apparati va “TMS Hub”, “Shimoliy”, “Markaziy”, “Ixtisoslashtirilgan texnik”, “Sharqiy”, “G‘arbiy”, “Janubi-G‘arbiy”, “Janubiy” filiallari hamda Terma jamoasi vakillari o‘zaro bellashdilar.
Murosasiz bellashuvlarga boy bo‘lgan bahslarda Sharqiy filial jamoasi raqib jamoalarga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra:
2-o‘rin – Janubi-G‘arbiy filial;
3-o‘rin – Ijroiya apparati jamoasi vakillariga nasib etdi.
G‘oliblarni Kompaniya jamoasi nomidan tabriklaymiz va ularga ish faoliyatida ham muvaffaqiyatlar tilaymiz!