Soha yangiliklari
Today

Nazariy va amaliy tajriba uyg‘unligi

"O‘zbektelekom" AK tomonidan 2025-yilning 9 oyligi davomida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari boʻyicha umumiy o‘quv kurslarida malakasi oshirilgan 571 ta xodim hududiy ish joylarida mavzu yuzasidan targ‘ibot ishlarini olib borishi ta’minlangan.

Bu o‘z o‘rnida tizimda, har bir xodimning faoliyat jarayonida shaffoflik ko‘rsatkichi bo‘yicha ish samaradorligi oshishiga xizmat qilmoqda.