Munosabatlar
Yesterday

Munosabat

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlar va boshqa ochiq manbalar orqali Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha doimiy monitoring va o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy manbalarda “Telecom Soft” MChJ tomonidan “Yo‘l harakati qoidalarini avtomatlashtirilgan nazorat qilish tizimlari uchun qurilmalarni xarid qilish” loyihasi doirasida o‘tkazilgan tenderda g‘olib tashkilotlarning bir manzilda joylashganligi ta’kidlangan ma’lumot e’lon qilingan.

Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi. Ya’ni, “Telecom Soft” MChJ rasmiylari ma’lumotiga ko‘ra, haqiqatan ham, ushbu holat yuzasidan qo‘shimcha o‘rganishlar olib borilganda, ishtirokchilar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik va raqobat tamoyillariga zid bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlar aniqlangan.

O‘z o‘rnida, “Telecom Soft” MChJ davlat xaridlarini qonunchilik talablariga qat’iy rioya etgan holda, shaffoflik, xolislik va adolatli raqobat tamoyillari asosida amalga oshirishga ustuvor ahamiyat qaratadi.

Shunga ko‘ra, mazkur holatlar Kompaniyaning xarid komissiyasi tomonidan atroflicha ko‘rib chiqilib, 2026-yil 13-oktabrdagi qarorga muvofiq tanlov natijalari bekor qilinganligi ma’lum qilinadi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati