Munosabatlar
Today

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda Facebook sahifasi orqali fuqaro kompaniya aloqa tarmog‘ida nosozliklar – uzilishlar yuzaga kelayotganligi borasida murojaat qoldirgan.

Mazkur murojaat Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, holat yuzasidan tegishli bo‘linmaga xabar berildi. O‘z o‘rnida bo‘linma mutaxassislari ushbu murojaatni nazoratga olganligi hamda masalaga oydinlik kiritilgach bu haqda murojaatchiga ma’lum qilinishi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati