October 8

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Kompaniyaning Facebook sahifasidagi texnik qo‘llab-quvvatlash guruhiga fuqaro Internet tezligi bilan bog‘liq muammo yuzasidan murojaat yo‘llagan.

Ushbu murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilganligi hamda bo‘linma mutaxassislari murojaatchi bilan bog‘lanib, unga zaruriy tushuntirishlar berilganligi va murojaat ijobiy hal etilganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati