Soha yangiliklari
October 10

Uztelecom yangi Salom Pro tarifini taqdim etadi

Uztelecom yangi Salom Pro tarifini taqdim etadi: YouTube, Telegram va yana 3 ta xizmat uchun cheksiz internet, cheksiz qo‘ng‘iroqlar hamda 100 GB internet!

Agar mobil internetingizning katta qismi video tomosha qilish, musiqa tinglash va muloqot uchun sarflansa, Salom Pro sizga sevimli xizmatlardan asosiy internet-paketni sarflamasdan foydalanish imkonini beradi.

Oyiga 80 000 so‘m evaziga:

🌐 100 GB internet
📞 Cheksiz qo‘ng‘iroqlar
💬 1000 SMS
📺 TelecomTV: 120 ta telekanal + Milliy obunasi

Eng muhimi — bir vaqtning o‘zida 5 ta UNLIM imkoniyati:

▶️ YouTube Unlim — YouTube’ni asosiy internet-paketni sarflamasdan tomosha qiling
🎧 Musiqa Unlim — Spotify, Apple Music va Yandex Music’dan cheksiz foydalaning
💬 Messenjerlar Unlim — Telegram, WhatsApp, WeChat va Viber’dan cheksiz foydalaning
🌙 Tungi Unlim — tunda mobil internetdan cheksiz foydalaning
📞 Daqiqalar Unlim — cheklovlarsiz suhbat qiling

Ya’ni 100 GB internet saytlardan foydalanish, ilovalar, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa ehtiyojlaringiz uchun saqlanib qoladi, har kuni foydalanadigan xizmatlaringiz esa CHEKSIZ bo'ladi, ya'ni asosiy internet-paketdan trafik sarflanmaydi.

🎁 Salom Pro’ning yangi abonentlari uchun yana ikkita foydali taklif:

📱📱 1+1 — qo‘shimcha SIM-karta
Qo‘shimcha SIM-kartaga ega bo‘ling va uning birinchi oy uchun abonent to‘lovini bepul oling.

💥 200 GB gacha bonus internet
Tarif uchun 2- va 3-oylarda abonent to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshiring va har bir oy uchun 100 GB dan bonus internet oling. Jami — 200 GB gacha qo‘shimcha internet.

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati