Munosabat
“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlar va boshqa ochiq manbalar orqali Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha doimiy monitoring va o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
Jumladan, Kompaniyaning Facebook sahifasidagi texnik qo‘llab-quvvatlash guruhiga fuqarolardan turli sabablarga ko‘ra internet tarmog‘idagi uzilishlar bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar o‘z vaqtida nazoratga olinib, amaliy yechimlar ko‘rsatildi.
Murojaat aniqlanishi bilan tegishli bo‘linma mutaxassislari tezkorlik bilan murojaatchi bilan bog‘lanib, muammo nazoratga olinganligi va bartaraf etishga yo‘naltirilganligi bildirildi.
Mazkur murojaat ham aniqlanishi bilan tegishli bo‘linma mutaxassislari tomonidan tezkorlik bilan nazoratga olinib, muammo bartaraf etishga yo‘naltirilganligi murojaatchiga bildirildi.
Ushbu murojaat ham aniqlanishi bilan nazoratga olinib, muammo bartaraf etishga yo‘naltirilganligi murojaatchiga bildirildi.
Barcha murojaatlar o‘rnatilgan tartibda ijobiy hal etilishi ma’lum qilinadi.