Munosabatlar
December 25, 2023
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda “BASTION” Telegram kanali orqali Andijon viloyati Andijon tumani “Yangiobod” MFY Ziyolilar ko‘chasi hududida yashovchi fuqaro internet tarmog‘iga ulab berishlarini so‘rab yo‘llagan murojaati e’tiborsiz qoldirib kelinayotganligidan shikoyat qilgan.
Mazkur murojaat Kompaniya Axborot xizmati tomonidan nazoratga olinib, hududiy bo‘linmaga xabar berilgan. Holat yuzasidan o‘rganish ishlari yakunlangach, ishlar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi.