Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida yashovchi fuqaro hududda subsidiya asosida qurilgan yangi ko‘p qavatli uylarda shartnoma bo‘yicha internet kabellari o‘tkazilishi kerakligi ammo kabel tortish masalasida “UZTELECOM” Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi va “Agromir” qurulish tashkiloti o‘rtasida sansolor bo‘layotgani shikoyat qilingan.
Mazkur murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganilib, ushbu masala yuzasidan tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berilgan. O‘z o‘rnida hududiy bo‘linma mutaxassislari hududga internet kabelini olib kirish uchun qurilish tashkiloti tomonidan texnik sharoit yaratilmaganligi va bundan imkoniyat yaratilishi bilan hududda internet tarmog‘iga ulanish ta’minlanishini ma’lum qiladi. Ishlar tafsiloti bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.