Munosabatlar
November 13
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “XALQ DARDI” Telegram kanali orqali Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida yashovchi fuqaro hududda ko‘rsatilayotgan telekommunikatsiya xizmatlari sifati yuzasidan e’tirozlarini ta’kidlab, bu borada amaliy yordam berishlarini so‘rab murojaat yo‘llagan.
Ushbu murojaat yuzasidan Kompaniya Axborot xizmati tegishli bo‘linmaga xabar berganligi va bo‘linma mutaxassislari murojaatchi bilan bog‘lanib, holat yuzasidan tushuntirish olib borganligi hamda mavjud muammo ijobiy hal qilinganligi bildiriladi.