May 10, 2022

Mukofot ishonch va mas’uliyatdir

7-may – Aloqachilar kuni munosabati bilan soha korxonalari xodimlarining bir guruhi taqdirlandi, ular orasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialining fidoyi mutaxassislari ham bor.

Aytish kerakki, kasb bayrami munosabati bilan Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Kompaniya tomonidan AKT sohasi taraqqiyotiga o‘zlarining salmoqli hissalarini qo‘shib kelayotgan xodimlar mehnatiga alohida e’tibor qaratildi.

Ana shunday e’tibor va mukofotga Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialining quyidagi xodimlari ham munosib deb topildi:

Vazirlikning “Faxriy yorlig‘i”

– Urazbayev Alisher Axmedovich – Byudjetti rejalashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi

“O‘z kasbining ustasi” belgisi

– Turmambetov Janabay Balımbetovich – Joriy ta’mirlash va avariya holatlarini qayta tiklash brigadasi elektromontyori

“O‘zbektelekom” AK “Faxriy yorlig‘i”

– Abdullayev Abdijamil Tleumuratovich – Qo‘ng‘irot TTB kabel-payvandchisi

Vazirlik va Kompaniyaning mukofot va e’tirofiga sazovar bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz Kompaniyaning boshqa hududiy filiallarida ham xuddi shunday ilg‘or aloqa mutaxassislarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati