Munosabat
“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlar va boshqa ochiq manbalar orqali Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan doimiy monitoring va o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
Jumladan, fuqaro ijtimoiy tarmoqdagi Facebook sahifasi orqali Xorazm viloyati Urganch shahri Kamolot ko‘chasi hududida aloqa sifati yaxshi emasligi bo‘yicha e’tiroz bildirib murojaat yo‘llagan.
Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilgan va bo‘linma mutaxassislari tezkorlik bilan murojaatchiga qayta aloqaga chiqishgan. Holatga oydinlik kiritib, masala nazoratga olingan.
Shundan so‘ng, hududiy bo‘linma mas’ullari tomonidan holat batafsil o‘rganilib, yuzaga kelgan muammo hududda joylashgan bino inshoatlari joylashuvi bilan bo‘liq ekanligi hamda mazkur masalaga ijobiy yechim toppish kelgusi ish rejasiga kiritilganligi yuzasidan murojaatchiga zaruriy tushuntirishlar berilganligi bildiriladi.