December 29, 2021
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Xorazm viloyati Xazorasp tumani Ovshar qishlog‘i Abdulla Kodiriy ko‘chasi 44 uyda yashovchi fuqaro ko‘chasiga optik tolali aloqa kabellari o‘tganligini ta’kidlab, unga ulab berishlarini so‘rab murojaat yo‘llagan. https://t.me/muxbir1/13800
Mazkur murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganib chiqilib, tegishli hududiy bo‘linmaga ma’lumot yuborilgan va murojaat hududiy bo‘linma mutaxassislari tomonidan nazoratga olingan. Ishlar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot kiritiladi.