Munosabatlar
Today
Murojaat
"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar boʻyicha doimiy oʻrganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqdagi "IZBOSKAN NEWS.UZ" Telegram kanali orqali Andijon viloyati Izbosgan tumani Lo‘g‘umbek qishlog‘i Vodiy ko‘chasi hududida elektr ustunlari orqali tortilgan aloqa kabellari osilib qolganligi aytilgan videomurojaat e’lon qilingan.
Mazkur murojaat aniqlanishi bilan tezkor nazoratga olingan. Vaziyatga oydinlik kiritilgach, texnik guruh yordamida mavjud muammo bartaraf etilganligi va masala ijobiy hal qilinganligi bildiriladi.