Munosabatlar
February 5
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Facebook tarmog‘idagi “Potrebitel” guruhi orqali fuqaro telefon raqamiga keraksiz pullik sms xabarlar xizmati yuklanib qolganligidan shikoyat qilgan.
Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, tegishli bo‘linmaga xabar berilgan. O‘z o‘rnida bo‘linma mutaxassislari murojatchi bilan bog‘lanib, bu borada zaruriy tushuntirish ishlari va kerakli tavsiyalarni berganligi ma’lum qilinadi.