Munosabatlar
April 17
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Uz Nigoh” Telegram kanali orqali UZTELECOMga oid ekanligi iddao qilingan ilovada tushunarsiz ma’lumotlar e’lon qilinganligi yoritilgan.
Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi. Ya’ni, ushbu ilovaning UZTELECOMga mutlaqo aloqasi yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar va tariflar haqidagi rasmiy ma’lumotlarni olish uchun UZTELECOMning rasmiy sayti va MyUZTELECOM mobil ilovasidan foydalaning.