February 29
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Потребитель Бухара” Telegram kanali orqali Buxoro viloyatida yashovchi fuqaro Internet tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelganligi, bu boradagi murojaatlari natijasiz qolayotganligidan shikoyat qilgan.
Ushbu murojaat Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berildi. O‘z o‘rnida bo‘linma mutaxassislari tomonidan muammo bartaraf etilganligi va murojaat ijobiy hal qilinganligi bildiriladi.