Munosabatlar
September 5

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Rost24 | Расмий канал” saytida “Kontent provayderlar abonentlar mablag‘ini ularning roziligisiz yechib olmoqda” sarlavha ostida maqola e’lon qilingan.

Maqolada mobil aloqa operatorlari va kontent provayderlar fuqarolarning roziligisiz aloqa vositalari pulli SMS va xizmatlarga ulanmayotganligi va mablag‘ ularning roziligisiz yechib olinmayotganligi, mazkur masala Senat yalpi majlisida muhokama qilinganligi ta’kidlangan.

Ushbu ma’lumot bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi:

Avvalambor, Kompaniya har doim abonentlar uchun ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va ko‘lamini oshirish maqsadida muntazam ravishda faoliyatini yanada muvofiqlashtirishga intiladi. Shunga ko‘ra hech bir abonentga o‘z roziligisiz biror bir kontent-xizmatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanmaydi. Bu borada abonentlardan ma’lum bir muddat bepul foydalanish aksiyasi doirasida ma’lum bir kontent-xizmatiga ulanishdan avval, keyinchalik bu xizmat pullik bo‘lishini yoddan chiqarmasliklarini eslatib o‘tamiz! Biroq, har qanday xizmatga ulanish vaqtida abonentdan pul mablag‘lari yechilmaydi. Chunki kontent-provayderlar UZTELECOM mobil aloqa xizmati abonentlariga servis bilan tanishish uchun 24 soat mobaynida obunani bepul taqdim etadi. Odatda bu kabi xizmatlardan kiruvchi SMS xabarlar ba’zi holatlarda SPAM papkasiga tushishi hamda abonent nazaridan chetda qolishi mumkin. Buning uchun tez-tez SPAM papkasini tekshirib turishingizni so‘rab qolamiz! Shuningdek, UZTELECOM mobil aloqa xizmati kontent-provayderlarining axborot-ko‘ngilochar (kontent) xizmatlari mavjud bo‘lib, ularga abonent faqat o‘z ixtiyoriga ko‘ra ulanishi mumkin.

Mobil operator tomonidan abonentlarning xohishisiz hech qanday kontent xizmatlari avtomatik tarzda ulanmaydi va bunga yo‘l qo‘yilmaydi!

Ma’lumot uchun:

- IVR qo‘ng‘irog‘i orqali obuna bo‘lganda – IVR menyusiga qo‘ng‘iroq qilganda, abonentga xizmat shartlari va narxini bildiruvchi obuna taklif qilinadi, menyuda ko‘rsatilgan maxsus tugma yordamida amalga oshirish mumkin. Tugmani bosish abonentning roziligi hisoblanadi va xizmat yoqiladi. Shundan so‘ng, abonentga xizmat shartlari, obunani bekor qilish usullari ko‘rsatilgan obuna to‘g‘risida SMS-xabar yuboriladi.

- SMS-xabar yuborish orqali obuna bo‘lganda, xizmatni faollashtiradigan so‘z yoki raqam bilan ushbu xizmatning qisqa raqamiga abonentdan SMS yuborish orqali xizmatlarga obuna bo‘lish mumkin. Xizmatni faollashtirish uchun to‘g‘ri SMS xabarni yuborish – abonentning roziligi hisoblanadi. Shundan so‘ng, abonentga xizmat shartlari, obunani bekor qilish usullari ko‘rsatilgan obuna to‘g‘risida SMS-xabar yuboriladi.

- USSD menyusidan foydalanish – USSD menyusiga kirishda siz xizmatga obuna bo‘lishingiz mumkin bo‘lgan element paydo bo‘ladi. Bu element tanlanganida obuna shartlari keyingi bosqichda obunachini tasdiqlash bilan tavsiflanadi. Shundan so‘ng, abonentga xizmat shartlari, obunani bekor qilish usullari ko‘rsatilgan obuna to‘g‘risida SMS-xabar yuboriladi.

Xizmatlarga obunani bekor qilish usullari:

Shikoyatlarni kamaytirish, shuningdek, abonentlarga kontent xizmatlaridan obunani bekor qilish uchun shart-sharoit yaratish maqsadida, aloqani uzishning quyidagi usullari mavjud: - SMS orqali – STOP1 buyrug‘ini ulangan xizmatning qisqa raqamiga yuborilgan holatda ulangan xizmatni o‘chirish mumkin;

- USSD orqali – *199# terib qo‘ng‘iroq tugmachasini bosganda barcha Kontent xizmatlarini o‘chirish uchun;

- IVR-menyu orqali – 1099 qisqa raqamga qo‘ng‘iroq qilib 8 bo‘limni tanlaganda (yaqin orada 6 bo‘limga o‘tqazilishi kutilmoqda);

Bundan tashqari, UZTELECOM mobil aloqa xizmati orqali axborot-ko‘ngilochar (kontent) xizmatlarini ko‘rsatuvchi kontent-provayderlarning to‘liq ro‘yxati va xizmat turlari hamda ularni to‘xtatish uchun Stop so‘zlar hamda tegishli buyruqni jo‘natish uchun qisqa raqamli SMS manzillari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Shuni ham ta’kidlash joizki, Landing page (veb-sahifa) orqali xizmatlarni faollashtirgan va 10 kun davomida xizmatdan foydalanmagan abonentlarga ushbu xizmat faol bo‘lganligi to‘g‘risida SMS-xabar keladi.

UZTELECOM aloqa operatori har bir abonentini qadrlaydi va eng qulay va xamyonbop xizmatlarni taqdim etishda davom etadi!

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati