Munosabatlar
January 16
Munosabat
"Oʻzbektelekom" Axborot xizmati tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan Kompaniya xizmatlariga oid kelib tushayotgan murojaatlar bilan doimiy tarzda oʻrganish ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqdagi "Soyalar xabarlari" Telegram kanali orqali Andijon viloyati Jalaquduq tumani hududida internet tarmogʻida kuzatilayotgan uzilishlar yuzasidan murojaat yoʻllangan.
Mazkur murojaat aniqlanishi bilan Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli boʻlinmaga yoʻnaltirildi. Oʻz oʻrnida boʻlinma mutaxassislari tomonidan Kanal admini bilan tezkorlik bilan qayta aloqa oʻrnatilib, murojaat haqida batafsil maʼlumot taqdim etishi soʻraldi.
Ishlar natijasi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi.