July 26, 2022

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Qo‘rg‘ontosh qishlog‘ida yashovchi fuqaro yashash hududida internet bilan bog‘liq muammolar bir necha yildan beri qiynab kelayotganligi, shu bois har bir qishloqqa alohida antena o‘rnatib berilishini so‘rab murojaat yo‘llagan.

https://t.me/muxbir1/17192

Ushbu murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganib chiqilib, tegishli hududiy bo‘linmaga ma’lumot yuborilgan. O‘z o‘rnida hududiy bo‘linma mutaxassislari murojaat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi. Ya’ni ayni paytda Qo‘rg‘ontosh MFYda Uzmobayl CDMA baza stansiyasi va internet qamrovi mavjud. Internet qamrovini yanada yaxshilash maqsadida GSM baza stansiyasi o‘rnatilishi esa 2022-2023-yil rejasiga kiritilgan.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati

@uztelecomuz

@uztelecompress