Munosabatlar
Yesterday

Munosabat

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar boʻyicha doimiy oʻrganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Facebook tarmog‘idagi "Потребитель.Уз" guruhi orqali fuqaro 1084 qisqa raqami faoliyatida sun’iy intellekt (avtomatik javob berish) tizimi joriy etilganligi va u bilan muloqot tartibidan norozi ekanligini bildirib murojaat qoldirgan.

Mazkur murojaat aniqlanishi bilan tezkor nazoratga olingan va murojaatchidan mavjud muammo bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berishi so‘ralib qayta murojaat qoldirilgan.

Shuningdek, 1084 qisqa raqami faoliyatida joriy etilgan sun’iy intellekt (avtomatik javob berish) tizimi bo‘yicha. Mazkur xizmat abonenntlar o‘rtasida murakkab bo‘lmagan savol va murojaatlar uchun yordamchi vosita sifatida yo‘lga qo‘yilganligi hamda amaliy ko‘mak talab etiladigan murojaatlar uchun operator bilan bog‘lanish imkoniyati mavjudligini, u yoki bu xizmatdan foydalanish qarori murojaatchining o‘ziga bog‘liqligini eslatib o‘tamiz.

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati