Munosabatlar
July 21, 2023

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbektelekom” AK xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqning Facebook sahifasidagi "Potrebitel" guruhi orqali “Uzmobile” operatori tomonidan mijozlar hisobidan sababsiz ortiqcha mablag‘yechib olinayotganligi tanqid qilingan.

Ushbu murojaat Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, holat yuzasidan tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berildi. O‘z o‘rnida ushbu masalaga hududiy bo‘linma mutaxassislari tomonidan oydinlik kiritilib, murojaat ijobiy hal qilinganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati