Soha yangiliklari
March 8

"O‘zbektelekom" AK "Bosh kommutatsiya markazi" filialida "Sen aziz va muqaddassan   ayol" shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

Unda Filial rahbariyati, Kasaba uyushmasi qoʻmitasi va Yetakchi yoshlar jamoasining bir guruh faollari xotin-qizlar jamoasini 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etdi.

Yuqori kayfiyatda tashkil qilingan bayram tadbirida ayol xodimalarning jamoadagi faolligi alohida eʼtirof etildi. Shuningdek, ularga tabrik va qutlovlar barobarida esdalik sovgʻalari ham ulashildi.

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati