Munosabatlar
August 19
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Komporuz” Telegram kanali orqali Andijon viloyati Shahrixon tumani “Bayroq” MFYda yashovchi fuqaro xonadoniga ulangan Internet tarmog‘ida uzilishlar kuzatilayotganligidan shikoyat qilib murojaat yo‘llagan.
Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilgan. O‘z o‘rnida bo‘linma mutaxassislari murojaatchi bilan tushuntirish ishlarini amalga oshirib, mavjud muammoni o‘rnatilgan tartibda ijobiy hal qilganligi bildiriladi.