Munosabatlar
September 15, 2023

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbektelekom” AK xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Buxoro viloyati Buxoro shahar Havzi bog‘i kalon ko‘chasi hududida joylashgan simyogochlardan biri va udan o‘tgan aloqa kabellari tartibsiz holga kelib qolganligi yuzasidan murojaat yo‘llangan.

Oldingi holat
Keyingi holat

Ushbu murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganilib, holat yuzasidan tegishli hududiy bo‘linmaga ma’lumot yuborildi. O‘z o‘rnida bo‘linma mutaxassislari murojaatda keltirilgan manzilga chiqib, mavjud muammoni bartaraf etishganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati