Munosabatlar
January 23
Munosabat
“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlar va boshqa ochiq manbalar orqali Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha doimiy monitoring va o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
Jumladan, Kompaniyaning Facebook sahifasidagi texnik qo‘llab-quvvatlash guruhiga fuqaro internet tarmog‘idagi uzilishlar bo‘yicha murojaat yo‘llagan.
Mazkur murojaat aniqlanishi bilan Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilgan. O‘z o‘rnida bo‘linma mutaxassislari tezkorlik bilan murojaatchi bilan bog‘lanib, muammo bartaraf qilinganligi bildirildi.