Sayyor qabul: navoiyliklar murojaatlari yechim topdi
So‘nggi vaqtlarda aholi o‘rtasida telekommunikatsiya xizmatlariga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda. Masofaviy ta’lim, onlayn ish tartibi va sifatli aloqa uzoqni yaqin, mushkulni oson qilmoqda.
“O‘zbektelekom” AK tomonidan Navoiy viloyatining Zarafshon va Navoiy shaharlarida joylashgan “Oltin vodiy” hamda “Vatan” MFYlarida o‘tkazilgan sayyor qabulda ko‘plab murojaatlarga yechim topildi.
Yoshlar, tadbirkorlar va hudud aholisi ishtirok etgan tadbir avvalida Kompaniya mas’ullari tomonidan viloyat hududida soha yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi. Shundan so‘ng, aholi murojaatlari tinglandi va ularning aksariyati joyning o‘zida ijobiy hal qilindi. O‘rganish ishlari ma’lum vaqt talab etadigan masalalar bo‘yicha hududiy mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.