Munosabatlar
May 30
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, “X” (Twitter) tarmog‘ida “Kurbanoff.yoq” sahifasi orqali tariflarning abonent to‘lovi oshirilganligi yuzasidan e’tiroz bildirilib murojaat qoldirilgan.
Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan quyidagilar ma’lum qilinadi. Ya’ni, mazkur holat yuzasidan zaruriy tushuntirishlar – ushbu yo‘nalishdagi o‘zgarishlar ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash va abonentlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida kiritilishi haqida ma’lumot berildi.