Aloqa kabeliga zarar yetkazgan fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortildi
Ma’lumki, telekommunikatsiya liniyalari va inshootlari muhofazasiga alohida e’tibor qaratib kelinadi va bu boradagi qoidalarga amal qilmaganlik uchun javobgarlik belgilab qo‘yilgan.
Shunday holat Buxoro shahar Bog‘ishamol ko‘chasi hududida sodir etildi. Ya’ni, fuqaro S.A.ning ko‘rsatmasiga asosan maxsus texnika (ekskovator) yordamida kanal qazish vaqtida ekskovator haydovchisi U.M tomonidan ehtiyosizlik oqibatida “O‘zbektelekom” AK Buxoro filiali shahar telekommunikatsiya bog‘lamasiga qarashli mahalliy tarmoqdagi optik tolali aloqa kabeli uzib yuborilgan.
Holat mutaxasssilar tomonidan o‘rganilganda fuqaro U.M tomonidan “Telekommunikatsiya liniyalari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalari” hamda “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksning 154-moddasi 1-qismi – “Aloqa yo‘llari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish” talablari amal qilinmaganligi ma’lum bo‘ldi. Shunga ko‘ra fuqaroga nisbatan amaldagi qonunchilik asosida ma’muriy jazo chorasi qo‘llanildi.
Aloqa kabeli uzilishi bilan bog‘liq yuzaga kelgan texnik holat esa Filial mutaxassislari tomonidan shu vaqtning o‘zida tezkorlik bilan bartaraf etilgan.