July 18, 2022

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Muxbir Daliyev telegram kanalida Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi 60- va 61-uyda yashovchi fuqarolar manzildagi daraxt shoxlari sinishi oqibatida aloqa kabellarining bolalar maydonchasi hududiga xavf soladigan holga kelib qolganligi bois, holat bo‘yicha chora ko‘rilishini so‘rab murojaat yo‘llashgan.

https://t.me/muxbir1/17215

Mazkur murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganib chiqilib, tegishli hududiy bo‘linmaga ma’lumot yuborilgan. O‘z o‘rnida hududiy bo‘linma mutaxassislari murojaatda keltirilgan muammoni bartaraf etishgan. Ayni paytda aloqa kabellari hududga xavf tug‘dirmaydigan tarzda tartibga keltirilgan.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati

@uztelecomuz

@uztelecompress