Munosabatlar
July 11, 2023

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbektelekom” AK xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Потребитель Бухара” Telegram kanali orqali Buxoro viloyati Buxoro shahrida joylashgan Xofiz Sheroziy kuchasi hududidan o‘tkazilgan aloqa kabelari tartibsiz holga kelib qolganligi, bu esa telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi ta’kidlangan va holatni bartaraf etishda amaliy yordam so‘rab murojaat yo‘llangan.

Mazkur murojaat Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, holat yuzasidan tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berildi. O‘z o‘rnida hududiy bo‘linma mutaxassislarining amaliy ko‘magi bilan murojaatda keltirilgan muammo ijobiy hal etilganligi ma’lum qilinadi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati