Soha yangiliklari
October 15, 2021

“Liniya-kabel aloqa inshootlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash. Elektraloqa kabel liniyalarini montaj qilish, o‘lchash va ekspluatasiyasi” mavzusi bo‘yicha o‘quv kursi yakunlandi

2021-yilning 11-15-oktabr kunlari “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi “Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish markazi” filialida “Liniya-kabel aloqa inshootlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash. Elektraloqa kabel liniyalarini montaj qilish, o‘lchash va ekspluatasiyasi” mavzusi bo‘yicha o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu o‘quv kursida “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi filiallarining texnik yo‘nalishdagi rahbar va muhandis-texnik xodimlari ishtirok etdilar.

O‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining sertifikatlari topshirildi.

Murojaat uchun telefon raqam:

📱 99 820 07 37.

Telegram sahifalarimiz:

👉 @uztelecomuz

👉 @uztelecompress

👉 @eduuztelecom