Munosabatlar
October 7

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “ЖАМОАТ НАЗОРАТИ” Telegram kanali orqali Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida yashovchi fuqaro oylik tarif rejasi uchun to‘lovni amalga oshirgan bo‘lishiga qaramasdan, yuzaga kelgan uzilishlar sababiga oydinlik kiritish maqsadida Filialning shahar bo‘linmasiga murojaat qilmoqchi bo‘lganligi va u yerda biror mas’ulni topa olmaganligi yuzasidan shikoyat qilgan.

Mazkur murojaat Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, tegishli bo‘linmaga xabar berganligi va bo‘linma mutaxassislari tomonidan murojaatchining muammosi ijobiy hal qilinganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati