Munosabatlar
October 24, 2023
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Shokirjonov kanali” Telegram kanali orqali Andijon shahri, Maydonbozor mahallasi, Mahdumi A’zam ko‘chasida yashovchi fuqarolar hududdagi eski simyog‘ochlardagi internet va telefon simlarini yangi o‘rnatilgan beton ustunlarga olib berishlarini so‘rab murojaat yo‘llashgan.
Ushbu murojaat yuzasidan Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berildi. O‘z o‘rnida hududiy bo‘linma mutaxassislari tezkorlik bilan holatni o‘rganib, mavjud muammoni bartaraf etishganligi ma’lum qilinadi.