Munosabatlar
July 3
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Facebook tarmog‘idagi “Чиланзар” guruhi orqali fuqaro internet tezligi bilan bog‘liq o‘zgarishlar yuzasidan shikoyat qilib murojaat yo‘llagan.
Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilganligi va murojaatda keltirilgan masala bo‘linma mutaxassislari tomonidan ijobiy hal qilinganligi bildiriladi.