Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Кушербаевга мурожаат” telegram kanali orqali Surxondaryo viloyati Boysun tumani Qizilnavr mahallasida yashovchi bir guruh fuqarolar hududda Kompaniyaga tegishli baza stansiyasi qurilganligi, biroq hanuzgacha ishga tushirilmaganligidan shikoyat qilishgan.
Ushbu murojaat bo‘yicha Kompaniya tomonidan quyidagilar ma’lum qilinadi. Ya’ni, murojaatda keltirilgan hududda ayni paytda haqiqatan ham aloqa baza stansiyasi o‘rnatilgan bo‘lib, uning yakunlanuvchi jihozlar bilan ta’minlanishi hududiy filialning yillik ish dasturiga muvofiq amalga oshirilishi va 2023-yilning 4-choragiga qadar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilganligi bildiriladi.