Munosabatlar
Today

Munosabat

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar boʻyicha doimiy oʻrganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda "QUVA24 XABARLARI" Telegram kanali orqali internet tezligi bilan bog‘liq muammo yuzasidan murojaat qoldirilgan.

Mazkur murojaat aniqlanishi bilan Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga yo‘naltirildi. O‘z o‘rnida bo‘linma mutaxasislari tezkorlik bilan murojaat kanaliga qayta aloqaga chiqib mavjud muammo bilan bog‘liq qo‘shimcha ma’lumotlarni olishdi.

Murojaat ijobiy hal qilishga yo‘naltirilganligi va mavjud muammo yuzasidan texnik qo‘llanmalar asosida zaruriy tavsiyalar berilganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati