Munosabatlar
February 7
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Kompaniyaning Facebook tarmog‘idagi texnik qo‘llab-quvvatlash guruhi orqali fuqaro xonadoniga ulangan Internet tarmog‘ida uzilishlar kuzatilganligi, bu boradagi murojaatiga yo‘llangan javobga e’tirozi mavjudligini bildirib murojaat qoldirgan.
Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, tegishli bo‘linmaga xabar berilgan. O‘z o‘rnida bo‘linma mutaxassislari murojatchi bilan bog‘lanib, fuqaroga zaruriy tushuntirishlarni berganligi hamda murojaati ijobiy hal qilinganligi ma’lum qilinadi.